Belgiyada "yangi Azar" etishib chiqmoqda

  • 25.05.2022 14:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” va “Milan” Belgiya terma jamoasi a’zosiga qiziqish bildirmoqda

Belgiyaning “Bryugge” klubi yarim himoyachi Sharl de Katelare Italiya A Seriyasiga o‘tishi mumkin. “Goal.com” xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga “Milan” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Rossonerilar” allaqachon futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Shuningdek, Milanning yana bir grandi "Inter" ham de Katelareni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Belgiya chempionatida 38 o‘yin o‘tkazib, 14 gol muallifiga aylandi va 8 golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali Sharlning narxini 30 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, yarim himoyachi Belgiya terma jamoasi safida 6 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishni uddalagan.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!