"Bellingem 19 yoshda bo‘lishi mumkin emas" - Ferdinand

  • 5 dekabr, 2022, 21:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya afsonasi Rio Ferdinand terma jamoaning yosh futbolchisi Jud Bellingem haqida gapirdi.

"U 19 yoshda bo‘lishi mumkin emas. Men Judning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini ko‘rmoqchiman. U aql bovar qilmas darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda",-deya yozdi Ferdinand.

Jud inglizlarning Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Senegalga qarshi bellashuvida o‘zining faol harakatlari bilan ajralib turdi va dastlabki golga assistentlik vazifasini bajardi.

Ma’lumot uchun, "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Evropa grandlari o‘rtasida talash bo‘lmoqda. Unga "Liverpul", "Manchester Siti", "Real" kabi jamoalardan talab bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!