
Bellingemdan yangi rekord
Angliya Frantsiyaga qarshi jahon chempionati chorak finalda o‘ynamoqda. Ushbu bahsda Jud Bellingem “uch sherlar” tarixida ushbu bosqichda maydonda tushgan eng yosh futbolchiga aylandi (19 yosh, 164 kun). Undan oldingi natija Ueyn Runiga tegishli. Sobiq futbolchi 2006 yilgi munlialda Portugaliyaga qarshi uchrashuvda o‘ynagan (20 yosh, 250 kun).
Angliya o‘shanda Portugaliyaga imkoniyatni boy bergan va uchrashuvda qizil kartochka olgan. Bellingem Qatardagi mundialda jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylandi. U “uch sherlar” tarkibida barcha o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 19 yoshli yarim himoyachi hozirgacha 1 ta gol va 2 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar