Beneil Dariush Islom Maxachev va Charlz Oliveyra jangi borasida taxmin qildi

  • 10 oktabr, 2023, 11:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn (70,3 kg) toifasidagi UFC jangchisi Beneil Dariush (22-5-1) ushbu vaznda promoushen chempioni Islom Maxachevning (24-1) Charlz Oliveyra (34-9-1NC) bilan revansh jangi bo‘yicha o‘z taxminlarini bildirdi.

Tecno

"Charlzning intervyularidan ko‘p eshitgan narsangiz shundaki, u birinchi jangga tayyor emas edi. Menimcha, bu haqiqat bo‘lishi mumkin. Buni hisobga olish kerak. Shu bois ikkinchi jang ham avvalgidek bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Bu, albatta, boshqacha jang bo‘ladi va menimcha, bu Maxachev uchun ancha qiyinroq bo‘ladi. Biroq, baribir men Maxachev g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman.",-dedi Dariush.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev-Oliveyra revansh jangi “UFC 294” turniri doirasida 21oktabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!