
"Benfika" murabbiyi "Arsenal"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
“Benfika” klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush bugun “Arsenal”ga qarshi bo‘ladigan Evropa ligasi 1/16 final dastlabki bahsidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Arsenal”da juda kuchli tarkib borligini bilamiz. Bu APLning eng yaxshi klublaridan biri, ammo biz o‘zimizga ishonamiz va "kanonirlar"ni hayratda qoldirishga harakat qilamiz. Men jamoamning yaxshi himoyaviy o‘yinlarini ko‘rishni istayman.
"Arsenal" tarkibidagi qaysi futbolchilarni aytib o‘tishim mumkin? Ularning tarkibida kuchli kuchli futbolchilar ko‘p, ammo men Lyakazett va Obameyangni alohida qayd etgan bo‘lardim”, - dedi Jezush.
“Benfika” – “Arsenal” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar