Benzema charchadi!
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atletiko”ga boy berilgan uchrashuvda nega Karim Benzema va Luka Modrichni boshlang‘ich tarkibda o‘yinga tushirmaganini izohladi. O‘sha uchrashuvda frantsiyalik hujumchi zaxirada qoldirildi, xorvatiyalik pleymeyker esa 68-daqiqada bahsga qo‘shildi.
- Mavsumning qolgan qismiga belgilangan vazifa aniq. Oldimizdagi o‘yinlarda Chempionlar ligasi finaligacha jangovar formani ushlab turishimiz kerak. Benzema charchadi. U “Atletiko” bilan o‘yinchigacha tiklana olmadi. Eng muhimi, jarohatga yo‘liqmaslik. Agar o‘yinchi tayyor bo‘lmasa, undan foydalana olmayman.
Luka Modrich ham toliqib qolgan. Shuning uchun ham ikkalasini boshlang‘ich tarkibga kiritmadim, - dedi Karlo Anchelotti.
Italiyalik murabbiy shogirdlari Ispaniya chempionligini muddatidan oldin qo‘lshga kiritdi. Endi madridliklar 28 may kuni Chempionlar ligasi finalida “Liverpul” bilan bosh sovrin uchun raqobatlashadi.

Fikrlar