Benzema Frantsiya futboli tarixiga kirishiga 1 qadam qoldi

  • 14 may, 2021, 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi hujumchisi Karim Benzema frantsiyalik futbolchilar orasida Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordga tobora yaqinlashmoqda.

Tecno

Kecha La Liganing 36-turidan o‘rin olgan "Granada"ga qarshi bahsda urilgan gol 33 yoshli futbolchi uchun Liga-1 va La Ligada kiritilgan 234-gol bo‘ldi.  Karim shu tariqa afsonaviy hamyurti Terri Anridan (233) o‘zib ketdi va bu borada 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Evropa kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urgan frantsiyalik futbolchi Bernar Lyakomb hisoblanadi. U faoliyatini 1987 yilda yakunlagan. Uning hisobida 255 ta gol mavjud.

Benzema o‘z gollarining 43 tasini "Lion" safida, qolgan 191 tasini "Real" safida kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!