Benzema g‘alati qarorga keldi

  • 02.08.2021 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Karim Benzema “Real” rahbariyati tomonidan taklif qilingan uzoq muddatli shartnomani qabul qilmadi.

Florentina Peres jamoaning asosiy to‘purari 2024 yilning yoziga qadar Madridda qolishini istagan edi. Sir emaski, “Real” yoshi 30 dan oshgan biror futbolchiga uzoq muddatli kelishuv taklif qilmaydi. Biroq, 33 yoshli Benzemaning fikri boshqacha bo‘lib chiqdi.

Karim o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholab, yuqori saviyada yana ikki mavsum o‘ynay olishini ta’kidladi va klub bilan 2023 yilning yoziga hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, tajribali hujumchi maoshining pasayishiga ham rozilik berdi.

“Real”da 2009 yildan beri o‘ynab kelayotgan Karim Benzema o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 34 ta uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol va 9 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!