
Benzema La Ligadagi gollar soni bo‘yicha "Real" afsonasiga etib oldi
Ispaniya chempionati 18-turida "Real" "Atletik" maydonida 2:0 hisobida zafar quchdi.
Madridliklarning birinchi goliga mualliflik qilgan Karim Benzema o‘zining La Ligadagi gollari sonini 228 taga etkazib olgan holda, klub afsonasi Raul Gonsales bilan tenglashdi.
Ayni paytda bu ikki hujumchi ro‘yxatda 5-pog‘onani bo‘lishib turibdi. Ulardan yuqorida Ugo Sanches (234), Telmo Sarra (251), Krishtianu Ronaldu (311) va Lionel Messi (472) bor.
35 yoshli forvard joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 18 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 gol va 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar