Benzema La Liganing eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida yuqoriladi

  • 21 avgust, 2022, 15:23
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 2-turida Madridning “Real” klubi "Selta" mehmoni bo‘lib, yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur bahsda “qirollik klubi”ning frantsiyalik hujumchisi Karim Benzema o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.  

Tecno

Mazkur gol hujumchining La Liga doirasidagi 220 goli bo‘ldi va u chempionatning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Karimdan yuqoriroq o‘rinlarni Sezar Rodriges (222), Alfredo Di Stefano (227), Raul (228), Ugo Sanches (234), Telmo Sarra (251), Krishtianu Ronaldu (311) va Lionel Messi (472) band etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” kechagi g‘alabadan keyin ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi va turnir jadvali etakchiligini qo‘lga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!