Benzema Messini himoya qilyapti
“Real” hujumchisi Karim Benzema “Pari Sen-Jermen”da o‘ynayotgan Lionel Messini himoya qildi.
- Messi muvaffaqiyatga erisha olmasigi mumkin emas. Hozir u moslashish davrini o‘tayapti va shuning uchun ko‘p gol urmayapti. Lekin maydonda nimalar qilayotganiga e’tibor bering.
Nima bo‘lgan taqdirda ham bu darajadagi o‘yinchini tanqid qilish mumkin emas. Messi tanqid qilayotganlar futbolni umuman tushunmaydi, - dedi Karim Benzema.
Lionel Messi uzoq vaqt davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan va ashaddiy raqib – “Real”ga qarshi jon-jahdi bilan o‘ynagan. O‘tgan yilning avgustida PSJGa ko‘chib o‘tgan argentinalik hujumchi Kataloniya klubidagi kabi ko‘plab gollar muallifi bo‘lmayapti.

Fikrlar