Benzema qaerda o‘ynashi hal bo‘ldi

  • 12 iyul, 2021, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq tanaffusdan so‘ng, Frantsiya terma jamoasi qaytgan Karim Benzema klublar miqyosidagi faoliyatini “Real”da davom ettirishga qaror qildi. Avvalroq, frantsiyalik hujumchi Madridga hamyurti Kilian Mbappe keladigan bo‘lsa, yosh hujumchiga o‘rnini bo‘shatib, o‘zi sobiq jamoasi “Lion”ga ketishini aytgandi.

Tecno

“Qirollik klubi” ham o‘yini tobora ochilib borayotgan Benzemani o‘z safida olib qolmoqchi. Futbolchiga 2024 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma berilgan edi. Biroq Karim sport formasini uzoq muddat yuqori darajada ushlab tura olmasligi mumkinligini inobatga olib, uni qabul qilmadi.

Tomonlar hozircha ikki yillik bitim tuzishni rejalashtirmoqda. Yangi shartnoma Benzema ta’tildan qaytgach, 22 iyuldan keyin rasmiylashtiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!