Benzema Ronalduning tanqidiga qattiq javob qaytardi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

"Real" futbolchilari bosh murabbiy Zinedin Zidan o‘z hamyurti Karim Benzemaga ko‘p imtiyoz berayotganidan noroziligini bildirgandi. Xususan, jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona"da hamma futbolchilar Lionel Messining manfaati uchun to‘p surishini, Karim Benzema esa qulay vaziyatlarda unga to‘p oshirmayotganini aytgandi.

Frantsiyalik to‘p urar bu tanqidlarga o‘z javobini berdi.

- Men faoliyatimni Madridni tugatishni orzu qilaman, - dedi Karim Benzema. - "Real"da jamoa manfaati uchun o‘ynayman. Ronaldu yoki Beylning foydasi uchun emas. Zidan bizni qo‘llqb-quvvatlashni biladi.

Karim Benzema joriy mavsumda La liganing 22 ta uchrashuvida maydonga tushib, 8 ta gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!