“Real” superto‘purarga shartnoma berdi

  • 21.07.2022 23:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Qirollik klubi” rahbariyati jamoa to‘purari Karim Benzemaga yangi shartnoma taqdim etdi, deb xabar tarqatdi Defensa Central nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, klub frantsiyalik hujumchi bilan o‘zaro hamkorlikni 2024 yilning yozigacha uzaytirmoqchi.

Benzema Frantsiyaning “Lion” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2009 yilan beri  madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Karim faoliyati davomida jami 752 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 389 ta gol va 186 ta assist rasmiylashtirgan.

Shuningdek, Frantsiya terma jamoasi safida 97 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 37 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!