
Benzema va Levandovski Evropada eng zo‘ri
"Real" futbolchisi Karim Benzema "Granada"ga qarshi bahsda 1 gol va 1 assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygandi. Shu tariqa, frantsuz gol+pas tizimida 27 ochko (18 gol + 9 assist) to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Bundesligada to‘p tepayotgan "Bavariya" futbolchisi Robert Levandovski hisobida ham shuncha ochko bor. Polyak 26 gol + 1 assist muallifiga aylangan.
Mazkur natija orqali Karim va Robert "kuchli beshlik" chempionatlarida eng yaxshi ikki futbolchi bo‘lib turibdi. Ikkala hujumchi ham bu ko‘rsatkichga 22 o‘yinda erishgan.
Fikrlar