Berluskoni: Ortiq "Milan"ning o‘yinlarini tomosha qilmayman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Milan” klubi sobiq xo‘jayini Silvio Berluskoni nima uchun “rossonerilar”ning o‘yinlarini ko‘rishdan charchaganligini aytdi.

“Ortiq ularning o‘yinlarini tomosha qilmayman, chunki, hozirgi “Milan”ning o‘yin uslubi mening futbol tamoyillarimdan tubdan farq qiladi. Men ularning tarixdagi eng muvaffaqiyatli prezidenti bo‘lganman. Shuni aytishim lozimki, “Milan” mening maslaxatlarimga quloq solmadi”, - deydi Berluskoni.

Ma’lumot uchun, Berluskoni 1986 yildan 2016 yilga qadar “Milan”ga xo‘jayinlik qildi. Bu davr mobaynida “rossonerilar” 8 marta Italiya chempioni, 1 marta Italiya kubogi, 7 marta mamlakat Superkubogi sohibi, 5 marta Chempionlar ligasi g‘olibi, 5 marta UEFA Superkubogi sohibi, 2 marta qit’alararo kubok va bir marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!