"Beshiktosh" Jasur Jaloliddinovga qiziqib qoldi

  • 5 iyun, 2020, 06:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” klubining iste’dodli futbolchisi Jasur Jaloliddinov evropaliklarning e’tiborini o‘ziga qaratishda davom etmoqda.

Tecno

Ma’lumki, futbolchimiz o‘tgan yilning dekabr oyida Italiyaning “Benevento” klubi mashg‘ulotlarida bo‘lib qaytgandi. Shundan beri yosh futbolchimizga yana bir qancha klublardan takliflar kelib tushmoqda.

E’tiborlisi, Turkiyaning etakchi klublaridan biri sanalgan “Beshiktosh” ham Jaloliddinovga jiddiy qiziqish bildirgan. Futbolchimizning o‘yinlari turkiyaliklarni rom etmoqda.

Bundan tashqari, Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi tomonidan ham Jasur Jaloliddinov bo‘yicha taklif yuborilgan.

Futbolchining Sports.uzga ma’lum qilishicha, chindan ham “Beshiktosh” hamda “Lokomotiv” klublaridan takliflar kelib tushganini tasdiqladi. Mazkur masala bo‘yicha futbolchimiz bilan uyushtirilgan suhbatni tez orada e’tiboringizga havola qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!