
"Beyjin Goan" murabbiyi: Yosh tarkibga ega bo‘lishimizga qaramay, faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz
Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar ligasi "H" va "I" guruh bahslari poytaxtimizda o‘tkazilmoqda. Bugun "I" kvarteti ishtirokchilari "Beyjin Goan" murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi. Jamoa murabbiyi Zora Yankovichning o‘yindan oldingi fikrlari bilan tanishing:
"Bu musobaqaga katta maqsadlar bilan keldik. Biz eng yosh jamoamiz. Tarkibimizda aksariyat futbolchilar akademiyadan tarkibda jalb etilgan. O‘ylaymanki, bu ular uchun katta tajriba bo‘ladi. Ushbu mini-turnirdan maqsadlarimiz katta.
Yosh tarkibga ega bo‘lganimiz bilan ushbu turnirga etarli vaqt davomida tayyorlandik. Birinchidan, bu futbolchilar uchun oldinga qadam. Lekin nima bo‘lishidan qat’i nazar, faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
Yurtimizda 2 hafta davomida shunday mini-turnirda qatnashdik va bu bizga yordam beradi, deb o‘ylayman. Bundan tashqari, 5 futbolchimiz Osiyo yoshlar jamoasida ham o‘ynab keldi. Menimcha, bu bizning adaptatsiyaga yordam beradi".
Jamoa futbolchisi Shaoven Lang
"Hozirgina murabbiy aytganidek, bizda yoshlardan tashkil topgan jamoa bilan bu erga keldik. Bu musobaqa bizga tajriba oshirib olish uchun katta imkoniyat. Faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
Yosh bo‘lishimizga qaramay maydonda Koreya va Yaponiya jamoalariga qarshi maydonga tushamiz. Birinchidan, bunday holta biz uchun katta chaqiruv va mas’uliyat. Nafaqat, Yaoreya va Yaponiya klublari, balki filippinlik raqibimiz ham kuchli jamoa. Ular bilan 1-turda o‘ynaymiz. Hozir bor e’tiborimiz Filippin jamoasiga qarshi o‘yinga qaratilgan".
Fikrlar