Beyl, endi Bekxem va Linekerlarning safiga qo‘shildi
“Real” hujumchisi Garet Beyl “Barselona”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘ziga xos natija qayd etdi.
27 yoshli uelslik futbolchi uchun mazkur bahs La ligadagi 100-o‘yini edi. Garet bu borada Garri Lineker xamda Devid Bekxemlardan so‘ng Ispaniya chempionatida 100 ta va undan oshiq o‘yin o‘tkazgan uchinchi britaniyalik futbolchi bo‘ldi.
Bekxem 2003-2007 yillarda “Real” safida La ligada 116 ta bahsda maydonga tushgan bo‘lsa, Lineker 1986-1989 yillarda “Barselona” safida Ispaniya chempionatida 103 ta bahsda maydonga tushgan.
Beyl esa 2013 yildan buyon “Real” safida to‘p surib kelmoqda. Bu mavsumda esa uelslik futbolchi “qirollik klubi” tarkibda La ligada 18 bahsda ishtirok etdi va 7 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, ikki marta sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan.
Fikrlar