Beyl faoliyatini "MYu"da davom ettirishi mumkin

  • 10 may, 2017, 07:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Tecno

Mirror nashrining ma’lum qilishicha “Manchester Yunayted” klubi uelslik futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. Xabarlarga qaraganda Beyl mankuanliklar bosh murabbiyi Joze Mourino bilan o‘zaro kelishib ham olgan. Biroq, u agar “MYu” kelgusi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritsagina ushbu transferga rozilik berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Beyl “Real” safiga 2013 yilda Londonning “Tottenxem” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “qirollik klubi” safida 149ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 67ta gol hamda 51ta golli uzatma qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!