Beyl kutilmagan jamoa tanladi

  • 9 iyun, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bilan xayrlashgan Garet Beylga bir necha klublardan taklif bo‘lmoqda. Uelslik hujumchini “Tottenxem” va “Nyukasl” Angliya premer-ligasiga chorlamoqda.

32 yoshli o‘yinchiga AQSh chempionatidan ham manfaatli takliflar bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqatilyapti.

Lekin jahon chempionatida o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rayotgan Garet Beyl Angliyaning quyi divizione – Chempionshipda ishtirok etayotgan Uelsning “Kardiff Siti” jamoasi bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashga qaror qilgan.

Mutaxassislar Beylning bu qarorini Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan oldin muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan holda sport formasini ushlab turish bilan izohlashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!