Beylga zo‘r jamoa topildi

  • 8 aprel, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumkor futbolchisi Garet Beyl yozda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Avvalroq, uelslik futbolchi faoliyatini yakunlashi mumkinligini ham bildirgan edi.

Tecno

Biroq unga kelib tushgan taklif futbolchining fikrini o‘zgartirishi mumkin. Angliya premer-ligasi grandlaridan bo‘lgan “Arsenal” Beylni o‘z safida ko‘rmoqchi.

“Arsenal”ning bu qarorga kelishiga “Real” yulduzini erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritish imkoniyati va Beylning premer-ligada har doim juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgani asosiy sabab bo‘lib xizmat qilmoqda.

 Ma’lumki, Beyl avval ikki marta “Tottenxem” sharafini himoya qilgan. Shu bois, Garet “kanonirlar” taklifini qabul qilsa, bu “Arsenal”ning ashaddiy raqibi hisoblanadigan “shporlar” muxlislarini junbushga keltirishi aniq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!