
Beylning goli EChLda mavsum goli deb topildi (video)
UEFA rasmiy sayti o‘quvchilari Chempionlar ligasining yakunlangan mavsumida kiritilgan eng chiroyli golni aniqlashdi.
O‘tkazilgan so‘rovnomada “Real” klubi vingeri Garet Beylning musobaqa guruh bosqichida “Borussiya” Dortmund darvozasiga kiritgan goli birinchilikni qo‘lga kiritdi. Krishtianu Ronalduning “Yuventus” darvozasiga kiritgan goli esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Bu boradagi uchinchi natija yana Beylga tegishli bo‘ldi. Aniqrog‘i, uning finalda “Liverpul” darvozasiga kiritgan goli chiroyli gollar ichida uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Fikrlar