
Beylning kelajagi hal bo‘ldi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsumni “Tottenxem”da yakunlagan Garet Beyl bo‘yicha so‘nggi qarorini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 31 yoshli hujumkor futbolchi Madridga qaytariladi va bir mavsum davomida “Qirollik klubi” sharafini himoya qiladi.
O‘yinchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanishiga qaramay, Karlo Anchelotti unga imkon beradigan bo‘ldi va Beylni ijaraga olmoqchi bo‘lgan jamoalarga rad javobi beriladi.
Garet Beyl yakunlangan mavsumda Angliya premer-ligasida 20 ta uchrashuvda 11 ta gol urib, ikkita golli pas oshirdi.
Fikrlar