
Bilasizmi, "Metallurg" bilan "Andijon" Marat Bikmaevga taklif bilan chiqqan, ammo...
“Lokomotiv”dagi bir necha yillik faoliyatidan keyin u erni tark etib, Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi a’zosiga aylangan tajribali hujumchi Marat Bikmaev yangi mavsumga jiddiy tayyorlanyapti. U yangi klubida o‘zini ko‘rsatishni juda xohlamoqda.
Hujumchining “Loko” bilan shartnomasi tugagach, bir qator klublar futbolchiga taklif bilan chiqishgan. Ma’lum bo‘lishicha, “Metallurg” hamda “Andijon” Maratga jiddiy qiziqish bildirishgan. Ushbu klublardan takliflar bo‘lganini Bikmaev saytimizga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Biroq hujumchi yakunda “So‘g‘diyona” variantini tanladi.
Fikrlar