Bilasizmi? 2010-2011 yilgi mavsumdan buyon ilk marta 2ta golland klubi EChL guruh bosqichida o‘ynaydigan bo‘ldi

  • 30 avgust, 2018, 14:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Chempionlar ligasi so‘nggi saralash bosqichi pley-offidan muvaffaqiyatli o‘tgan  Gollandiyaning ikki klubi - "Ayaks" va PSV musobaqaning guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 8 yillik tanaffusdan so‘ng yana EChLda Gollandiyadan 2ta jamoa guruh bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. Gap shundaki, so‘nggi bor bunday hodisa 2010/11 yilgi mavsumda sodir bo‘lgan edi. O‘shanda lolalar yurti sharafini "Ayaks" va "Tvente" klublari himoya qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Monakoda Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!