Bilasizmi? Finallarda Zidanni hech kim mag‘lub etolmagan!

Ispaniya superkubogining finalida "Real" klubi "Atletiko" (0:0, pen. seriyasi 4:1) ni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba "qaymoqranglilar"ning ustozi Zinedin Zidan uchun murabbiylik faoliyatidagi 9-finaldagi 9-g‘alabasi bo‘ldi. U barcha sovrinlarini "Real" bosh murabbiyi sifatida qo‘lga kiritgan!

Frantsiyalik mutaxassis bungacha, 2015/16 yilgi mavsum EChL finalida, 2016 yilgi Evropa superkubogining hal qiluvchi bahsida, 2016 yilgi klublar o‘rtasidagi JChning yakuniy uchrashuvida, 2016/17 yilgi mavsum yana bir bor EChL finalida, 2017 yili ikkinchi bor Evropa superkubogining so‘nggi bosqichida, 2017 yilgi Ispaniya superkubogining chempionlik bellashuvida, 2017 yilgi klublar o‘rtasidagi JCh finalida va 2017/18 yilgi mavsum uchinchi marotaba EChLning hal qiluvchi o‘yinida g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!