
Bilasizmi? Kecha Kazemiroga faoliyatidagi birinchi qizil kartochka ko‘rsatildi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Kazemiro kecha “Valyadolid”ga (4:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya La Ligasining 27-tur bahsida hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib maydondan chetlatildi.
E’tiborlisi, bu 27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun professional faoliyatidagi birinchi qizil kartochka bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, Kazemiro “Real”ga kelgunicha "San-Paulu" va "Portu" klublarida ham to‘p surgan. U butun professional futbolchilik faoliyatidagi davomida shu kungacha jami 341ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar