
Bilasizmi? Ketma-ket 12 yildan buyon EChL finali xorvatiyalik futbolchilarsiz o‘tmayapti
Chempionlar ligasining bu mavsumdagi finalida ham xorvatiyalik futbolchi o‘ynaydi. Bu safar Marselo Brozovich bo‘ladi.
30 yoshli yarim himoyachi 10 iyun kuni “Inter” tarkibida “Manchester Siti”ga qarshi finalda ishtirok etishi mumkin.
Xorvatiyalik futbolchilarning Chempionlar ligasi finalidagi to‘xtovsiz ishtirok etishlari 2012 yilda boshlangan. O‘shanda “Bavariya” safida Daniel Pranjich va Ivitsa Olich “Chelsi”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishgan.
Quyida EChL finallarida maydonga tushib kelayotgan xorvatiyalik futbolchilar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tamiz:
2012 yil: Daniel Pranjich va Ivitsa Olich
2013 yil: Manjukich
2014 yil: Modrich
2015 yil: Rakitich
2016 yil: Modrich
2017 yil: Modrich, Manjukich va Kovachich
2018 yil: Modrich, Kovachich va Lovren
2019 yil: Deyan Lovren
2020 yil: Perishich
2021 yil: Kovachich
2022 yil: Modrich
2023 yil: Brozovich
Fikrlar