Bilasizmi? "Lokomotiv" bugun "Istiqlol"ni Tehronda mag‘lub etgan birinchi o‘zbek klubi bo‘lishi mumkin

  • 13.03.2017 12:45
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Bugun Osiyo chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Istiqlol" - "Lokomotiv" bahsi bo‘lib o‘tadi. Hashamatli "Ozodi" stadionida kechadigan bellashuv mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 20:30)da boshlanadi.

"Istiqlol" shu paytga qadar o‘z maydonida O‘zbekiston klublariga qarshi uch marta kurash olib borgan va shundan ikkitasida g‘alaba qozonib, bir bor durang o‘ynagan.

2002 yil. "Istiqlol" - "Neftchi" 1:0

2011 yil. "Istiqlol" - "Paxtakor" 4:2

2012 yil. "Istiqlol" - "Nasaf" 0:0

Tehronliklar o‘z uylarida "Neftchi" va "Paxtakor"ni mag‘lub etishgan va "Nasaf" bilan durang o‘ynashgan. Bugun esa "Lokomotiv" bu jamoaga qarshi maydonga tushadi va bu borada "Istiqlol"ning o‘zbek klublari orasida to‘rtinchi raqibiga aylanadi.

Agar bugun "Lokomotiv" zafar quchsa, Tehronda "Istiqlol"ni mag‘lub etgan birinchi o‘zbek klubi bo‘ladi. Biz "Loko" futbolchilariga ishonamiz va umid qilamizki, yigitlar bu vazifani uddalay olishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!