Bilasizmi? Ramos Ispaniya terma jamoasi safida qatorasiga 5-o‘yinda ham gol urdi
Xabaringiz bor shu kunlarda Evropa qit’asida Evro-2020ga saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, kecha Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Norvegiyani qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni ispanlarga g‘alaba keltirgan golni himoyachi Serxio Ramos kiritdi. E’tiborlisi, 32 yoshli futbolchi shu tariqa qatorasiga 5-o‘yinda ham “qizil furiya” tarkibida gol urishga erishdi. U bungacha Uels, Angliya va Xorvatiya (2 marta) terma jamoalari darvozasiga gol urgan edi.
Ramos ushbu gollarning 2tasini penaltidan, 3tasini esa bosh bilan kiritdi.

Fikrlar