Bilasizmi? "Real" futbolchilari "el-klasiko"larda sariq kartochka olish bo‘yicha etakchi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos kecha “Barselona”ga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
E’tiborlisi, bu 33 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 43-klasikodagi 25-kartochka bo‘ldi. U hozircha bu borada yaqqol peshqadamga aylanib oldi.
Qayd etish lozimki, bu boradagi kuchli uchlikdan ham faqat “Real” futbolchilari joy olishgan. Ular – Fernando Yerro (20) va Pepe (15).
13 ta sariq kartochka olgan “Barselona” a’zosi Serji Buskets to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar