Bir jamoa “Barsa”dan besh futbolchini oladi

  • 9 iyul, 2023, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati vakili “Betis” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Barselona” futbolchilaridan foydalanmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Betis” rahbariyati kataloniyaliklardan darvozabon Arnau Tenase, yarim himoyachilar Pablo Torre va Niko Gonsales, hujumchilar Aleks Kolyado va Abde Ezzalzulini so‘rashni rejalashtirilgan.

“Barsa” Kolyadoni keyingi transferidan ulush olish evaziga tekinga qo‘yib yuborishga tayyor. Tenas yaqinda erkin agent maqomini oldi. Kataloniyaliklar u bilan yangi bitim tuzib, keyin ijaraga jo‘natmoqchi.

Torre va Gonsales asosiy tarkibga kirolmaydi. Shu bois, klub ularni o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga berishni ko‘zlayapti.

Abde Ezzalzuli bo‘yicha yakuniy qarorni bosh murabbiy Xavi Ernandes aytishi kerak. Ispaniyalik mutaxassis yosh o‘yinchini mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inlarida sinab ko‘rib, bir qarorga keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!