Bir jamoa “Barsa”ning ikki yulduziga xaridor

  • 11 avgust, 2022, 22:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports News nashrining xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati “Barelona” yarim himoyachisi Frenki de Yong hamda hujumchi Per-Emerik Obameyangni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tecno

“Barselona” yangi o‘yinchilarni qaydnomadan o‘tkazish uchun hozirgi tarkibdan bir necha o‘yinchilarni sotishga majbur. “Aristokratlar” kataloniyaliklar atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi.

Bu transferlar amalga oshishi uchun har ikki o‘yinchi “Barselona”ni tark etishga rozilik berishi talab etiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchilarning agentlari Kataloniyaga kelgan va tez orada klub vakillari bilan muzokara boshlashi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!