Bir jamoaning ikki yulduzi “Barsa”ga tekinga o‘tadi

  • 12 yanvar, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozda ikki yulduzga ega bo‘lishi mumkin. “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlanayotgan yarim himoyachi Yozua Kimmix va hujumkor futbolchi Leroy Sane faoliyatini Kataloniyada davom ettirishga rozi bo‘lgani aytilmoqda.

Transfer News Live va El Nacional kabi manbalarning yozishicha, har ikki futbolchi sobiq ustozlari Xans-Diter Flik bilan yana birga ishlash uchun Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘ryapti.

Ta’kidlash joizki, “Barselona” hali ham iqtisodiy inqirozdan qutilgani yo‘q va keyingi paytda erkin agentlarni transfer qilish usulidan ko‘p foydalanyapti.

Bir necha pozitsiyada to‘p tepa oladigan Kimmix ilgari “Shtutgart” va “Leyptsig”da o‘ynagan. 29 yoshli futbolchi “Bavariya”ga 2015 yili 8,5 million evroga olib kelingan edi.

29 yoshli Leroy Sane esa, “Shalke” tarbiyalanuvchisi. Myunxenga kelgunga qadar 2016-2020 yillar davomida “Manchester Siti”da porlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!