Bir o‘yinchining kelajagi Messiga bog‘liq

  • 16 aprel, 2023, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets mavsum yakuniga qadar bir qarorga kelishi kerak. Tajribali futbolchi klub bilan hali shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti.

Tecno

Aslida 34 yoshli futbolchi jamoadagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda. Chunki bosh murabbiy Xavi Ernandes tarkibni yoshartirishda davom etmoqda. 2008 yildan beri kataloniyaliklar safida to‘p tepayotgan Buskets kelasi mavsum zaxiraga o‘tirib qolishi mumkin.

Shunga qaramay, “Barsa”ga Lionel Messi qaytadigan bo‘lsa, Buskets sobiq jamoadoshi bilan yana birga o‘ynash uchun yangi bitim tuzishga tayyorligi aytilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Serxioning qarori argentinalik yulduzning tanloviga bog‘liq bo‘lib turibdi. Har ikki futbolchi yozda erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!