
Birgina Messi uchun qoidani o‘zgartirmayman!
La Liga rahbari Xaver Tebas “Barselona” Lionel Messi bilan shartnoma tuzish imkoniga ega bo‘lishi uchun reglamentdan chetga chiqmasligini ta’kidladi.
Avvalroq, “Xetafe” prezidenti liga rahbariyatiga argentinalik hujumchini Ispaniyada olib qolish uchun kataloniyaliklarga imtiyoz berilishini taklif qilgan edi.
- Men klub bilan Messi masalasida gaplashdim. Uning Kataloniyada qolishi uchun Liga reglamentiga hech qanday o‘zgarish qilinmaydi, - dedi Xaver Tebas.
Ayni paytda Lionel Messi erkin agent hisoblanadi. “Barselona” moliyaviy feyr-pley tufayli argentinalik yulduz bilan shartnoma tuza olmayapti. Qoidaga ko‘ra, klubning maoshlar fondi umumiy foydaning 70 foizidan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda kataloniyaliklar Messi bilan shartnoma imzolasa, bu ko‘rsatkich 110 foizga ko‘tarilib ketadi.
Fikrlar