Birinchi bor ikki nafar taekvondochimiz reyting orqali Olimpiadaga yo‘l oldi

  • 17.12.2023 17:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenzion reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar nomini e’lon qildi. Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) Parij-2024 yo‘llanmalariga ega bo‘lishdi.

Qayd etish joiz, hamyurtlarimiz birinchi bor reyting orqali 2 ta yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. Shuningdek, qizlarimiz ham ilk marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada ishtirokchisiga aylanmoqda.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!