Birinchi bor xet-trik qilgan futbolchi jamoada bir umr qolishi kerak

  • 25 oktabr, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati “Norvich”ga qarshi uchrashuvda ilk xet-trikini nishonlagan yosh yarim himoyachi Meyson Mauntning o‘yinidan hayratga tushdi. “Aristokratlar”  bu futbolchining amaldagi shartnomasini uzoqroq muddatga cho‘zish bo‘yicha muzokara boshlab yubordi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy  Tomas Tuxel Maunt hech qachon boshqa klubga berilmasligi va u butun faoliyatini “Stemford Brij”da o‘tkazishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Garchi Mauntning klub bilan amaldagi bitimi yakunlanishiga ancha vaqt borligiga qaramay, klub unga bo‘lgan e’tiborini namoyish qilish uchun yangi shartnoma taklif etishga qaror qilgan.

Mauntning o‘zi yangi kelishuvga qarshi emas. U klubdan etakchi yulduzlar darajasida maosh talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!