Birinchi liga: "Tsementchi" tayyorgarlikni boshladi
Barchalaringizni xabaringiz bor, "Tsementchi" o‘tgan ikki turda ancha jiddiy raqiblarga nisbatan eng murakkab uchrashuvlarini o‘tkazdi va o‘zi uchun muxim ochkolarni qo‘lga kiritib Oliy liga masalasini deyarli xal qilib qo‘ydi. Qolgan 4 ta uchrashuvda jamoa raqiblardan yana 2 ochko ola olsa kifoya! Bu vazifani esa futbolchilar navbatdagi turning o‘zidayoq xal qilish maqsadidalar. Navbatdagi raqib esa Qarshining “Nasaf-2” jamoasidir.
"Andijon"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoa a’zolariga ikki kunlik dam olish imkoniyati berildi. Futbolchilar bugun tushlikdan so‘ng yana o‘z qarorgoxida yig‘ildilar va navbatdagi baxsga tayorgarlikni boshladilar.

Jamoa mashg‘ulot o‘tash uchun yig‘ilib turgan vaqtida stadionga O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi vakillari kirib keldilar. Mexmonlar mashg‘ulot davomida jamoa a’zolarini tasvirga tushurib jamoa xaqida maxsus ko‘rsatuv tayorlash maqsadida tashrif buyurishganligini bildirishdi. "Tsementchi"ning navbatdagi turga tayorgarlik mashg‘ulotlari ana shunday tasvirga olish jarayoni bilan boshlandi. Televideniya vakillari mashg‘ulotlar so‘nggida murabbiy va futbolchilardan intervyu xam oldilar.

"Tsementchi"ning navbatdagi uchrashuvni 21 oktyabr shanba kuni markaziy “Tsementchi” o‘yingoxida Qarshining “Nasaf-2” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv soat 15:00 da boshlanadi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar