
"Biz 80 daqiqa davomida ahmoqona harakat qildik"
Frantsiyalik jurnalist Qatar-2022 finalidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Frantsiya terma jamoasi mundial finalida Argentinaga mag‘lub bo‘ldi (3:3, 2:4). PSJ hujumchisi Kilian Mbappe xet-trik muallifiga aylandi.
- Biz ushbu finalda mumkin bo‘lgan barcha hissiyotlarni boshdan kechirdik. Bu haqiqiy telbalik edi. Frantsiya o‘tkazib yuborilgan ikkita golga ajoyib tarzda munosabat bildirdi va fantastik kambek amalga oshirdi.
- Mbappe haqiqiy "supermen". U kerakli paytda o‘zining liderlik hislatini ko‘rsata oldi va imkonsiz vaziyatdan jamoani olib chiqdi.
- Shunday bo‘lsa-da, biz 80 daqiqa davomida ahmoqona harakat qildik. Biroq bu Argentina g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatmadi degani emas.
Fikrlar