
Biz “Barsa”dan ikki baravar ko‘p to‘laymiz!
ESPN nashrining xabar berishicha, “Barselona” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayotgan Ronald Arauxo yozda “Manchester Yunayted” taklifini qabul qilishga yaqin turibdi.
23 yoshli urugvaylik himoyachi kataloniyaliklarning uchta shartnomasini rad etdi. Qator grand klublar nishoniga tushgan o‘yinchiga klub taklif qilgan maosh kamlik qilmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar unga yiliga 5 million evro maosh taklif qilgan.
“Manchester Yunayted” esa bu summani ikki baravar ko‘tardi va Arauxo Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tsa, bir mavsum uchun 10 million evro oladi.
Bu taklifdan keyin ko‘pchilik Ronaldning Kataloniyada qolishiga ishonmayapti. Tabiiyki, modiyaviy inqirozdan qutila olmagan “Barselona” maosh borasida manchesterliklar bilan bahslasha olmaydi.
Fikrlar