Bizda ham pul bor! Darvin Nunyесni oddiyroq jamoa olmoqchi

  • 19.08.2026 14:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunyеs Saudiya Arabistoni chempionatida ishtirok etuvchi yana bir jamoa diqqat markaziga tushdi. 

Jurnalist Ben Jeykobs xabariga koʻra, urugvaylik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishga «Ad-Diriya» klubi jiddiy qiziqmoqda. Hozirda 27 yoshli forvardni ijaraga olish boʻyicha ish olib borilmoqda, biroq kelishuvga toʻliq sotib olish bandini kiritish rejalashtirilmagan.

Maʼlumotlarga qaraganda, «Al-Hilol» rahbariyati Nunyеsdаn qutulish tarafdori. Shu bilan birga, Saudiya Arabistonining vitse-chempioni yana bir yulduz – Karim Benzema bilan ham xayrlashishga tayyor. Fransiyalik tajribali hujumchi oʻrnini esa «Aston Villa» forvardi Olli Uotkins bilan toʻldirish rejalashtirilmoqda.

Darvin Nunyеs 2025 yil yozida «Liverpul» klubidan Riyod shahri jamoasiga oʻtgan edi. Transfermarkt portali maʼlumoticha, hujumchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi. Mersisaydliklarning sobiq futbolchisiga avvalroq «Trabzonspor» tomonidan ham qiziqish bildirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!