
"Bizda Zidandan qolishmaydigan murabbiy bor"
PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi Zinedin Zidanning Parij klubi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligi haqida chiqayotgan mish-mishlarga izoh berdi.
"Pochettino bizning murabbiyimiz. U bu erda baxtli, biz esa u bilan bo‘lganimizdan xursandmiz. Hammaga ham vaqt kerak.
Zidan bilan hech qanday muzokaralar olib bormadik. Zinedin ajoyib murabbiy, lekin Maurisio ham undan qolishmaydi," - dedi Al-Xelayfi "Oltin to‘p" topshirish marosimidan oldin.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Zidanning PSJ, Pochettinoning esa "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalayotgandi.
Fikrlar