Bizga Messi emas, Ronaldu “bosh og‘rig‘i” bo‘lgan!

  • 10.03.2023 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lionel Messi etakchiligidagi PSJni  Chempionlar ligasidan chiqarib yuborgan “Bavariya” futbolchisi Tomas Myuller argentinalik yulduz bilan xalqaro maydondagi raqobatga munosabat bildirdi.

Xabaringiz bor, myunxenliklar bu galgi turnirda parijliklar ustidan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, umumiy 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

- Biz uchun Lionel Messiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlar natija nuqtai nazaridan doim muvaffaqiyatli bo‘lgan. Klub miqyosida “Bavariya”ga “Real”da o‘ynagan davrlaridan beri Krishtianu Ronaldu doimiy “bosh og‘rig‘i” edi.

Lekin Messining jahon chempionatidagi o‘yini ko‘rib, ungan bo‘lgan hurmatim yanada oshdi. Uning bir o‘zi butun jamoani g‘alaba sari etakladi, - dedi Tomas Myuller.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!