“Bizga mukofotga katta summa va’da qilishgan edi!” Polsha terma jamoasida katta janjal chiqdi

  • 13 dekabr, 2022, 20:28
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha bosh vaziri futbol terma jamoasiga kattagina pul mukofoti va’da qilgan, ammo keyin qarorini o‘zgartirdi. Natijada, ichki muhit rasvo xolatga keldi. Xatto, futbolchilar murabbiy bilan janjallashishga qadar borgan. Hozir barchasi haqida batafsil!

Tecno

Qatardagi mundialdan avval, polyak jurnalistlari jamoani 2004 yildagi Gretsiya singari sensatsiya ko‘rsatishini taxmin qilishgan edi, ammo yakunda nimchorak final. Penaltidan frantsuzlar darvozasini ishg‘ol qilgan Robert Levandovski mung‘aygan ko‘zlari bilan maydon markaziga qarab qo‘ygani yodingizdami? Katta ehtimol bilan bu uning so‘nggi JCh ekanligini chuqur his etgan ko‘rinadi. Aslida, Frantsiyaga qarshi o‘yinda mo‘jizaga umid qilish mumkindir, biroq bu jamoa bundan ortig‘iga qodir emasligi ko‘rinib qoldi. Polsha terma jamoasi 36 yildan beri ilk bor o‘z kvartetidan keyingi bosqichga chiqishni uddaladi.

lr54o‘r45lr

Qatarga yo‘l olishdan avval, jamoa bilan mamlakat bosh vaziri – Mateush Moraves rasman uchrashdi. U agar jamoa 1/8 bosqichga chiqsa, 50 million zlotix ishlab olishini aytadi. Keyin, bu summa 30 millionga qadar qisqartirildi. Bu tahminan 6,4 million evro degani. Eng muhimi, bosh vazir bu pullarni davlat hisobidan o‘tkazib berilishini aytadi. Hozir, bu summa qanday paydo bo‘lganini va nega aynan yuqori lavozimdagi siyosatchi mukofot va’da qilganin hech kim sababini bilmaydi. Aslida, JCh yo‘llanmasini hal qilgach, jamoa yaxshigina pul mukofoti bilan taqdirlangan. Keyinroq pley-off yo‘llanmasi uchun alohida rag‘batlantirilgan. FIFA jamoaning musobaqadagi ishtiroki uchun Polsha federatsiyasiga 14 million evro o‘tkazib bergan. Ertasi kuniyoq bu xabar Polsha OAV tomonidan keng muhokama qilindi. Futbolchilarga berilgan rag‘batlantirish pullari Olimpiada oltin medallari uchun to‘langan summa bilan solishtirildi. Unga ko‘ra, mamlakat xalqaro maydonda oltin medal qo‘lga kiritgan atletlarga 100 ming slotix (21 ming dollar) mukofot puli bergani aniqlandi. Mundialda guruhdan chiqqan futbolchilar uchun to‘langan puldan bir necha barobar kam ekanligi ko‘pchilikni xafa qildi. Natijada, barcha futbolchilarga to‘langan pullar hajmini keskin tanqid qilishni boshladi. Hech kim Polshani guruhdan chiqqanini esga ham olmadi.

plo‘34lo‘p34pl

Ko‘pchilik termaning mundialdagi zerikarli o‘yinlari uchun yana pul to‘lanishini mantiqsizlik, deb atadi. Ayniqsa, ishsizlar soni keskin ortib ketayotgan Polsha ekanomikasi uchun bu pullar juda ham kerakli ko‘plab nashrlarda e’lon qilindi. Natijada, mundialda Polsha ishtirokini yakunlagan kuning ertasiga Moraves rasman va’da qilingan pullar mamlakatda bolalar futbolini rivojlantirish uchun sarflanishini e’lon qildi. Shunga qaramay, ko‘plab savollar ochiqlanmay qoldi. Mahalliy jurnalistlarning yozishicha, berilgan mukofot pullarini bo‘lib olish chog‘ida kelishmovchiliklar chiqqan. Ayrim futbolchilar pullarni Qatarga kelgan barcha birdek bo‘lib olishi kerakligini aytgan bo‘lsa, qolganlar faqat maydonga tushganlar o‘rtasida taqsim qilinishini tabal qilgan.

Mamlakat rahbarlaridan birining bayonotidan so‘ng, Polsha terma jamoasi a’zolari g‘azablanganini yashirib o‘tirgani yo‘q. Gjegoj Krixovyak futbolchilar pul ishlab topa olmaganidan emas, va’daga vafo qilinmaganidan ranjigani haqida fikr bildirdi: “Bizga pley-off uchun katta summa va’da qilingan edi. Ochig‘i, avval boshidan bunga ishonib qolganimiz yo‘q. Hayotimiz davomida bunday xolatlarga bir necha bor tushganmiz. Natijada, eng og‘ir zarbani biz – futbolchilar qabul qildik. Ahir, hech kimdan hech narsa so‘ramaganmiz. Bizga mufokot berishlarini talab qilmadik. Yigitlar bilan agar bu pullar berilsa ham, katta qismini xayriyaga sarflashni kelishib olgan edik. Afsuski, va’da qilingan pullar to‘langani yo‘q”.

Xozir Polshada futbolchilarga berilgan mukofot pullari kun mavzusiga aylangan. Sizning bu vaziyatdagi fikringiz qanday?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!