Boatengni sobiq ustozi o‘z jamoasiga olib ketmoqchi

  • 1 iyun, 2021, 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” bilan shartnomasi yakuniga etib borayotgan himoyachi Jerom Boateng faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Italiyalik insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 32 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga “Monako” jiddiy qiziqib qolgan. Ular Boatengga 2 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.

Bundan avvalroq, ayrim nashrlar Jeromga “Latsio”dan takliflar bo‘layotgani haqida yozishgan edi.

Boateng “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Bundesligada jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Monako"ni ayni damda "Bavariya"ning sobiq ustozi Niko Kovach boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!