Boatengning "Bavariya"dagi taqdiriga Germaniya kubogi finalidan so‘ng oydinlik kiritiladi

  • 21.05.2019 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" klubi himoyachisi Jerom Boatengning jamoadagi taqdiri tez orada hal bo‘ladi.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli germaniyalik futbolchiga "Inter"dan qiziqishlar mavjud.  Ammo, Boateng o‘zi hozircha birorta jamoa bilan muzokaralar o‘tkazmayapti. Uning myunxenliklar safidagi taqdiriga esa 25 may kuni "RB Leyptsig"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Germaniya kubogi finalidan so‘ng oydinlik kiritiladi.

Ma’lumot uchun, Boateng “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 31ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!