Bobir Abdixoliqov: Andijondagi bahsda stadion to‘lishi aniq. Chunki...

  • 22 mart, 2018, 16:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Farg‘ona shahriga etib keldi. Futbolchilarni Marg‘ilo shahrida bir qator muxlislar va OAV vakillari hamda Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi mas’ullari kutib olishdi. oltinvodiy.uz muxbiri “Nasaf” va O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zosi Bobir Abdixoliqov bilan qisqacha suhbatda bo‘ldi.

Tecno

Farg‘onaliklar bizni juda yaxshi kutib olishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik izhor etamiz. Farg‘onada katta futbolni sog‘inishgan. Bu erda 2015 yilda “Istiqlol” stadionining ochilishida Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilgandi. O‘tgan davr mobaynida ishqibozlar yana xalqaro o‘yinlarni sog‘inishgani kurinib turibdi.

Ertaga bo‘ladigan Andijondagi bahsda stadion to‘lishi aniq. Farg‘onada ham bizni muxlislar qo‘llab-quvvatlashlariga ishonchim komil. Keniya bilan o‘yinlar oson bo‘lmaydi. Lekin mazkur bahslarda muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz. Vodiyda futbolni juda sog‘inishgan, - dedi Bobir Abdixoliqov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!