Bobousmon Boturov o‘ziga birinchi raqamli bokschi deya ta’rif berdi

  • 7 noyabr, 2020, 19:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

-69 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘lgan Bobousmon Boturov jangdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

"Raqibim katta qiyinchilik tug‘dirdi. Deyarli 7 oy mashg‘ulot o‘tkaza olmadik. Yoshlar birinchi raqamli bokschiga qarshi borini berib ishlaydi. Ularning shijoatini ko‘rib, birinchilikni ushlab qolish oson kechmasligini tushunib turibman.

Yaxshi sport formada emasligim uchun raqiblarim ancha muammo tug‘dira oldi. Endi o‘z ustimda ishlab, yirik musobaqalarda yurtimiz bayrog‘ini balandga ko‘tarishga harakat qilaman. Ushbu g‘alabamni esa, ota-onam va meni qo‘llab-quvvatlaganlarga bag‘ishlayman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!